Vatanga muhabbat-eng muqqads tuyg‘u

Vatan – bu inson va uning avlod-ajdodlari kindik qoni to‘kilgan muqaddas dargohdir. Vatan – bu ajdodlar maskani, el-yurt, xalq voyaga yetgan, uning tili, tarixi, madaniyati, urf-odatlari, qadriyatlari chinakamiga shakllanib, o‘sib, kamol topib boradigan zamindir.

Vatanparvarlik maʼlum va mashhur tamoyil boʻlib, u insonning oʻz Vataniga muhabbatini, uni asrab-avaylashga boʻlgan ishtiyoqini anglatuvchi axloqiy tushunchadir. Yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash esa hech qachon oʻz ahamiyatini yoʻqotmaydigan masala hisoblanadi.

Vatanparvarlik tamoyili Vatan tushunchasini fidoiylarcha idrok etish, muayyan hudud va xalqqa muhabbat hissi singari omillar bilan bogʻliq.

Maʼlumki, insoniyat XXI asrga kelib oʻz qadriyatlaridan uzoqlashtirilyapti. Bunday hatti-harakatlarning birinchi oʻringa chiqarilayotgani bejiz emas. Chunki, odamlarni qadriyatlar va ezgu gʻoyalarsiz yashashga koʻniktirish gʻoyasi zamirida qadriyatsiz hayotni va oʻtmishidan uzilgan avlodni shakllantirish maqsadi mujassam.

Vatan – neʼmat, unga sadoqat esa qudratdir. Vatan himoyasi uchun jondan kechganlar – qahramon, qochganlar – xoindir. Aynan istiqlol haqida, uning buyuk neʼmat ekani haqida gap ketayotganida bunday qusurlarmizning boshlanishi taʼlim-tarbiya bilan bogʻliqligini unutmasligimiz kerak. Oila, bogʻcha va maktablarda shaxs tarbiyasiga alohida eʼtibor qaratilmas ekan, kadrlar taqchilligi kasali tuzalmaydi.

Istaymizmi, yoʻqmi bu dunyoda kimdir yaxshiroq, kimdir yomonroq yashaydi, bu uning nomai aʼmoliga bitilgan. Toʻgʻri, davlat vaqtinchalik koʻmak berishi, qoʻllab-quvvatlashi mumkin, lekin muvaffaqiyat shaxsning intilishlari, bilimi, tafakkuri va qobiliyatiga bogʻliq.

Eng muhimi, ulugʻ neʼmat – Mustaqilligimizni koʻzqorachigʻidek asrash uchun millat yetakchisi atrofida birlashib, avvalgidanda koʻproq gʻayrat va shijoat bilan ishlashimiz shart. Shundagina hayotimizning maʼno-mazmuniga aylangan buyuk maqsad – Yangi Oʻzbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini qoʻrishdek ezgu maqsadlarimizga tezroq erishamiz.

 

Oʻzbekiston yangi davrning yangi oʻzgarishlariga qadam qoʻymoqda. Bu keyingi davr barcha sohalarda ulkan oʻzgarishlar davri boʻlajagidan dalolat beryapti. Buning uchun esa ilgari surilayotgan gʻoya va tashabbuslarning ijobatiga erishishimiz kerak.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan