Тошкент Тиббиет Академияси Онкология ва нурташхиси кафедраси ходимлари 13.11.2019 йил Бухоро шахрига зиёрат қилишди.
Har qanday davr va har qanday jamiyatda ham olimu ulamolar, mutafakkiru donishmandlarning o‘rni beqiyos bo‘lgan. Elu yurt o‘zining shunday aziz va yetuk farzandlari bilan haqli ravishda faxrlangan, ko‘ngli tog‘day ko‘tarilib, g’ururu iftixorga to‘lgan.
Allohning nazari tushgan yurtimiz – O‘zbekiston zaminidan azal-azaldan o‘zlarining ilmiy-ma’naviy, ma’rifiy-falsafiy meroslari bilan jumlai jahonga tanilgan ko‘plab buyuk allomalar va mutafakkirlar yetishib chiqib, samarali faoliyat ko‘rsatganlar. Ular aql-zakovati, tafakkur dunyosi va yuksak ilmiy salohiyatining mahsuli bo‘lgan bebaho asarlariyu buyuk kashfiyotlari ming yillar osha nafaqat bizning diyorimiz, balki jahon ahlining qudratli ma’naviy mulki sifatida ham ardoqlanadi.
Taassuflar bo‘lsinki, sobiq tuzum davridagi buyuk allomalarimizga nisbatan bo‘lgan adolatsizliklar va nohaqliklar tufayli ular o‘z maqomlariga yarasha qadr-qimmat ko‘rmay, asarlari ham munosib bahosini topmagan edi. Binobarin, xalqimiz, keng jamoatchilik u zotlarning olamshumul ahamiyatga molik boy va qimmatli merosidan bebahra bo‘lib keldilar.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridan e’tiboran, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning xalqchil va dono siyosati tufayli, aytish mumkinki, bu buyuk zotlar o‘z yurti, o‘z xalqi bag‘riga qaytib, ilm-fan rivojidagi yuksak maqomlariga yarasha munosib hurmat-e’tiborni topib keldi. Ularning ibratli hayot yo‘llari va boy ilmiy-ma’naviy meroslarini har tomonlama chuqur o‘rganib, keng halq ommasiga yetkazish davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi. Istiqlol yillarida bu muhim va dolzarb masalalar bo‘yicha e’tiborga molik ko‘plab salmoqli ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda.
2014-yil 15-16-may kunlari qadimiy va hamisha navqiron Samarqand shahrida Birinchi Prezident Islom Karimov tashabbusi va bevosita ishtirokida bo‘lib o‘tgan “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzuidagi nufuzli xalqaro konferensiya bu yo‘nalishda amalga oshirilgan tom ma’nodagi ulug‘vor ishlardan biri bo‘ldi desak, hyech bir mubolag‘a bo‘lmaydi. Dunyoning ellikka yaqin mamlakatlaridan taniqli olimlar, mutaxassislar, ekspertlar va ilmiy markazlarning rahbarlari qatnashgan ushbu anjumanda, alohida ta’kidlanganidek, oldimizda turgan eng ezgu maqsadlarimiz – mamlakatimizning buyuk kelajagi ham, ertangi kunimiz, erkin va farovon hayotimiz ham, O‘zbekistonning XXI asrda jahon hamjamiyatidan qanday o‘rin egallashi ham – bularning barcha-barchasi, avvalambor, yangi avlod, unib-o‘sib kelayotgan farzandlarimiz qanday insonlar bo‘lib voyaga yetishiga bog‘liq. Bunda esa, tabiiyki, buyuk ajdodlarimiz faoliyati, hayoti, o‘lmas merosi yuksak marralarni ko‘zlagan yoshlarimiz uchun ibrat maktabidir. Buyuk ajdodlarimizning beqiyos ahamiyatga molik merosini izchil o‘rganish va uni yanada kelajakda rivoj toptirish masalasiga to‘xtalib, Birinchi Prezidentimiz: “Men yoshlarimizga murojaat qilar ekanman, ularga doimo: “Biz buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishimiz, g‘ururlanishimiz kerak”, deb aytgan edi. Ayni vaqtda “Faqat g‘ururlanishning o‘zi yetarli emas, kelinglar, o‘zimiz ham, xuddi ular kabi, mana shu bebaho merosga o‘z hissamizni qo‘shaylik!”, degan g‘oyatda purma’no so‘zlari barcha ilm ahllari uchun ayniqsa, yoshlarimiz uchun asosiy dasturulamal bo‘lmog‘i davr talabidir.
Bu yilning 28-30-avgust kunlari Samarqand shahrida “Jahon tamadduni tarixida Markaziy Osiyo renessansi” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Anjuman Markaziy Osiyo olim va mutafakkirlarining abadiy tarixiy merosini chuqur o‘rganish va anglash, mamlakat va jahon jamoatchiligini o‘zbek mutafakkirlarining aniq, tabiiy fanlar va islom ilmlari rivojiga qo‘shgan hissasi bilan tanishtirish, ilmiy markazlar va dunyoning yetakchi olimlarini ularning ishlari va kashfiyotlarini har tomonlama o‘rganishga jalb etish, ushbu beqiyos intellektual boylikni ko‘z qorachig‘idek asrash va ommalashtirish maqsadida o‘tkazildi.
– Bugun O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida olib borilayotgan ishlar yuksak e’tirofga loyiq – deydi Ispaniyadagi San-Pablo Madrid universiteti professori Rikardo Ruiz de la Serna. – Negaki, men ushbu anjumanga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida birgina shu yilning o‘zida davlatingiz rahbari tomonidan “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”, “Abu Iso Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlar qabul qilingani bilan tanishib, hayratlandim. Bunday ehtirom ulug‘ olimlar va ularning ilmiy asarlarini o‘rganishga katta turtki berishi, shubhasiz. Ushbu anjumanda “Markaziy Osiyo musulmon Renessansi merosi va dinlararo muloqot: Abu Mansur al-Moturidiy asarlarida e’tiqod va aql” mavzuida ma’ruza qilish menga g‘oyat yuksak faxr baxsh etdi”.
Anjuman ishtirokchilari seksiya majlislarida O‘rta asrlar Sharq allomalari hamda mutafakkirlarining aniq va tabiiy fanlar rivojiga qo‘shgan hissasi, tarixiy hamda falsafiy merosining ahamiyatiga oid masalalarni muhokama etdilar. Ular yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqilib, kelgusida ushbu yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Haqiqatan ham, jahon miqyosida buyuk ajdodlarimizning so‘nmas dahosiga hurmat-ehtirom, ularning boy ilmiy merosini o‘rganishga qiziqish hamisha yuqori bo‘lgan.
Jahon ilm-fan taraqqiyoti rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan qutlug‘ ona diyorimizdan ilm-fanning barcha sohalari, jumladan, islomiy ilmlarda ham jahonga dong taratgan buyuk allomalar yetishib chiqqan. Vatanimiz tarixining o‘chmas sahifalari ana shunday buyuk va mo‘’tabar zotlarning hayotlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bois vatanimizning “O‘zbekiston – buyuk allomalar yurti” deya atalishi ayni haqiqatdir.
Sharqu G‘arbni o‘zaro bog‘lagan, buyuk sivilizatsiyalar tutashgan yurtimiz hududida ilm-fan, madaniyat azaldan rivojlangan. Ayniqsa, o‘rta asrlarda ona zaminimizdan minglab olimu shoirlar, buyuk mutafakkirlar yetishib chiqqan. Ularning matematika, fizika, kimyo, astronomiya, etnografiya, tibbiyot, tarix, adabiyot, axloq, falsafa kabi ko‘plab sohalarga oid asarlari, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Shahrisabz, Termiz va boshqa shaharlardagi qadimiy obidalar butun bashariyatning ma’naviy mulki hisoblanadi.